Universitet oldi tayyorgarlik
«HUQUQSHUNOSLIK»
Bakalavriat dasturiga kirish uchun tayyorlov kurslari
Fanlar:
- Tarix
- Rus tili
- Ingliz tili
«BIZNES INFORMATIKA» va «IQTISODIYOT»
Bakalavriat dasturiga kirish uchun tayyorlov kurslari
Fanlar:
- Matematika
- Ingliz tili
- Rus tili
Har bitta fan darslari haftasiga 2 marta 1.5 soatdan o‘tkaziladi.
O‘qish davomida o‘zlashtirish monitoringi, har oylik attestatsiyalar o‘tkaziladi, kurs yakunida esa sertifikat berilad.
To‘lov turi: istalgan.
Darslar tushlikdan keyin o‘tkaziladi.
Tayyorlov kurslari dasturi 2020-yildan buyon MGIMO-Toshkent filiali bazasida amalga oshirilmoqda.
Tayyorlov kurslari faoliyati filialga qabul sifatini oshirish, tinglovchilarni kurs test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Tinglovchilar umumiy bilim darajasini oshiradilar hamda tanlangan yo‘nalishga chuqurlashtirilgan ixtisoslashgan tayyorgarlikdan o‘tadilar.
O‘qish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Institutgacha tayyorlov dasturlarini tamomlagan bitiruvchilarning 1-kursga qabul qilinishi umumiy tanlov asosida amalga oshiriladi.
Fakultet institutgacha tayyorlovning keng ko‘lamli dasturlarini amalga oshiradi:
- to‘qqiz oylik kurslar (3 fan bo‘yicha 432 akademik soat)
- sakkiz oylik kurslar (3 fan bo‘yicha 384 akademik soat)
- olti oylik kurslar (3 fan bo‘yicha 288 akademik soat)
- uch oylik kurslar (3 fan bo‘yicha 144 akademik soat)
2024-yil 2-oktabrdan 2025-yil 4-iyulgacha