Ulashmoq

1 Noyabr 2024

D.N.Chernishenko va A.O.Chekunkovning MGIMO-Toshkentga tashrifi

1-noyabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif doirasida Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi o‘rinbosari D.N.Chernishenki, Uzoq Sharq va Afrikani rivojlantirish vaziri A.O. Chekunkov, Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari K.I.Mogilevskiy MGIMO-Toshkentga tashrif buyurdi. Filialda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Rossiya oliy o‘quv yurtlari va filiallari rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda rossiyalik  rahbarlarning MGIMO-Toshkent talabalari va boshqa filialdagi hamkasblari oldida nutqi bo‘lib o‘tdi.

31-oktabr kuni O‘zbekistondagi ish safari mobaynida D.N.Chernishenko O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev, Bosh vazir A.N.Aripov va Prezident yordamchisi S.Sh.Mirziyoyeva bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida, tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ta’lim va gumanitar almashinuvga, jumladan, Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekistondagi filiallari faoliyatini kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar.

O‘zbekison Rossiyaning xorijdagi oliy ta’lim muassasalarining filiallari soni bo‘yicha yetakchi o‘rinda hisoblanadi - hozirgi kunda ularning soni 14 ta. “Prezidentlarimiz samarali hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdalar. O‘zbekiston Rossiya oliy o‘quv yurtlarining xorijdagi filiallari soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib, ilg‘or muhandislik maktablarining “Ustuvor -  2030” davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birgalikda, sanoat hamkorlari bilan yaqin muvaffaqiyati aloqalar o‘rnatish orqali filiallar ta’minlanmoqda”, - dedi D.N.Chernishenko.

Rossiya Bosh vazirining o‘rinbosari respublikaga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, artof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi U.R.Shodiyev bilan ham uchrashuv otkazdi. Tomonlar o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari va turizm sohasidagi tadbirlar rejasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish doirasida MGIMO-Toshkent O‘zbekiston ekspert-tahliliy markazlari hamda Rossiya va O‘zbekiston sanoat hamkorlari bilan hamkorlikda  “Tadbirlarni boshqarish va Turizm” dasturini amalga oshirmoqda.

D.N.Chernishenko MGIMO-Toshkent va boshqa filial talabalarini qutlar ekan, ikki davlat va yoshlar vakillari o‘rtasidagi yaqin do‘stona aloqalarni qayd etdi. “Rossiya Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin ta’kidlaganidek, BRIKS din, asl sivilizatsiya, madaniyat rivojining turli modellarini ifodalovchi suveren davlatlarni, hamfikrlarni o‘zida mujassam etadi. Barcha davlatlarimiz tenglik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat, do‘stlik va totuvlikning yuksak g‘oyalarini qaror toptirish, umuminsoniy farovonlik tarafdorlari bo‘lib, dunyo kelajagiga mas’uliyatli munosabatni so‘zda emas, amalda namoyon etmoqdalar. Aynan siz, iqtidorli va maqsadli yoshlar, umumiy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni targ‘ib qilishingiz, ko‘plab xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi”, - dedi Dmitriy Nikolayevich. “Bilasiz, bu yil MGIMO o‘zining 80 yilligini nishonlamoqda va universitet nafaqat Rossiya va O‘zbekistonda, balki butun dunyoda talabga ega bo‘lgan bitiruvchilari bilan haqli ravishda faxrlanishi mumkin”, - dedi D.N.Chernishenko MGIMO-Toshkent talabalarini Universitet yubileyi bilan tabriklash chog‘ida.

MGIMO bitiruvchisi, universitetning Vasiylik kengashi a’zosi A.O.Chekunkov makromintaqa haqida ma’ruza o‘qidi. Talabalar Uzoq Sharq va Arktika mintaqalari tarixi va zamonaviyligi, ularning rivojlanishi bilan tanishdilar va diplomatlar faoliyatini muhokama qildilar. Aleksey Olegovich Uzoq Sharqda o‘zbekistonlik 1,3 ming talaba tahsil olayotganini ta’kidladi. Uchrashuv so‘ngida Aleksey Olegovich talabalarning Uzoq Sharqda robototexnikani rivojlantirish hamda Shimoliy dengiz yo‘li va Sharqiy poligonning faoliyati haqidagi savollariga javob berdi. Uchrashuv davomida D.N.Chernishenko va delegatsiya a’zolari filial infratuzilmasini ko‘zdan kechirdilar va seminarlarda ishtirok etdilar.

Tashrif doirasida Bosh vazir o‘rinbosarining Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari rahbariyati bilan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari K.I.Magilevskiy, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulotda va muxtor elchisi O.S.Malginov, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari A.L.Ribakov, O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasining ijtimoiy taraqqiyot departamenti rahbari O.K.Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O.M.Maxkamov, O‘zbekistondagi Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarining 30 dan ortiq rahbarlari, rektorlari, prorektorlari ishtirok etdilar. Yig‘ilishda MGIMO nomidan rivojlanish bo‘yicha prorektor A.V.Malgin, MGIMO-Toshkent direktori A.A.Abduvaxitov, akademik direktor M.T.Baqoyev ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar filiallar faoliyatini tashkil etishning turli masalalari, muvaffaqiyatli amaliyotlar va muammoli masalalarni muhokama qildilar. Munozarada Milliy tadqiqot yadro universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyoviy texnologiya universiteti rektorlari, Milliy fan va texnologiya universiteti (MISIS) filiali, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Moskva energetika instituti, Astraxan davlat texnika universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rahbarlari, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti, N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti prorektorlari ishtirok etdilar va o‘zlarining ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

“Bugungi suhbatimiz O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari filiallarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga bag‘ishlangan. Biz ilg‘or ta’lim amaliyotlari va ularni ko‘paytirish istiqbollari, sanoat hamkorlarining hissasi va, albatta, universitetgacha bo‘lgan tayyorgarlikni muhokama qildik. Filiallar va maktablar o‘rtasidagi samarali hamkorlik abituriyentlarni tanlash nuqtai nazaridan ham, ularni rus tili va asosiy fanlardan chuqur o‘rgatish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega”, - deya ta’kidladi yig‘ilish moderatori K.I.Mogilevskiy.

A.V.Malgin Rossiya oliy o‘quv yurtlarining Toshkentdagi filiallariga chet ellik talabalarni qabul qilish uchun o‘rinlar kvotasini ajratish to‘g‘risida umumiy taklifni kiritdi. K.I.Mogilevskiy qonunchilikka tegishli aniq tuzatishlar ishlab chiqilayotganini ta’kidladi. MGIMOning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli barqarorlik va ijobiy dinamikadan dalolat berayotgani, yuqori intellektual natijalar ko‘rsatgan abituriyentlarga nisbatan kam sonli byudjet o‘rinlarini ajratish masalasi ijtimoiy adolat darajasida ekanligini ta’kidladi. Ikkita - rus va o‘zbek ta’lim dasturining o‘ziga xos metodologiyasi bo‘yicha ishlayotgan MGIMO litseyini to‘liq joylashtirish maqsadida MGIMO-Toshkent infratuzilmaviy imkoniyatlarni oshirish masalalari ko‘tarildi.

Rossiya hukumati va MGIMO axborot
tadbirlari materiallari asosida

Ulashmoq